Yamal yana bir rekord ostonasida turibdi
Lamin Yamal bugun tunda bo‘lib o‘tadigan "Almeriya" - "Barselona" uchrashuvida maydonga tushsa, bu uning "Barselona"dagi 49-uchrashuvi bo‘ladi.
Shu tariqa, u 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida “Barselona” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Boyan Krkichning rekordini takrorlaydi. U yaqinda 47 ta o‘yin o‘tkazgan Gavidan o‘zib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Barsa” bugun mehmonda “Almeriya”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:30dan boshlanadi.



Fikrlar