Yamalning otasi o‘g‘lining tug‘ilgan kun ziyofatida hech qanday muammo ko‘rmayapti

  • 18.07.2025 01:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" futbolchisi Lamin Yamalning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirgan ziyofati atrofida yuzaga kelgan bahslarga futbolchining otasi Munir Nasraui javob berdi.

Biroq, ziyofatdan keyin Axondroplaziya va shunga o‘xshash skelet-displaziyadan aziyat chekuvchi shaxslar uyushmasi bayonot berib, tadbirda qisqa bo‘yli odamlar faqatgina ko‘ngilochar vosita sifatida jalb qilinganini bildirdi. Bu holat ijtimoiy huquqlar vazirligi tomonidan tekshirish uchun nazoratga olindi.

Futbolchining otasi Munir Nasraui esa vaziyatga munosabat bildirib, shunday dedi:

"Biz bunday hayotda bolamiz bilan faxrlanishimiz kerak. U haqida yomon gaplar aytganlar esa o‘zlariga qarasin. Agar u noto‘g‘ri ish qilganida, avvalambor men, uning otasi sifatida, uning qulog‘idan ushlab: "Bunday qilma, o‘g‘lim", derdim. Ammo u hech qanday yomon ish qilgani yo‘q. Agar kimgadir shubha tug‘ilsa, politsiyaga murojaat qilishsin. Ammo u hech narsa qilmadi, shunday ekan, hammasi joyida. Xudo hammani asrasin va keling, bir-birimizga rostgo‘y bo‘laylik. Raxmat sizlarga", – dedi u "Europa Press" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda 18 yoshga to‘lgan Yamal ushbu sana munosabati bilan keng ko‘lamli kecha uyushtirdi. Unda mashhur strimerlar, inflyuenserlar, jamoadoshlari va musiqachilar ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!