Yamalning yulduzli onlari so‘nishi mumkin
“Barselona”ning 18 yoshli o‘yinchisi Lamin Yamal hozir jahon futbolining eng yorqin futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ammo uning kelajagi klubni xavotirga solib qo‘ydi.
The Sun nashrining yozishicha, Lamin Yamal joriy mavsum duch kelayotgan chov sohasidagi jarohat surunkali xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Bu holat yosh futbolchilardan ko‘p uchraydi. Manbaning ta’kidlashicha, Lionel Messi ham yosh davrida shu muammoga to‘qnash kelgan. Argentinalik futbolchi bu turdagi jarohatdan to‘liq tiklana olgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar Lamin Yamal keyingi o‘yinlarda ham shu jarohati tufayli noqulaylik his qiladigan bo‘lsa, jarroh amaliyoti o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlash joizki, jahon futbolida navqiron paytida porlab, keyin jarohat tufayli yuqori darajaga chiqolmay qolgan o‘yinchilar ko‘p. Bunga uzoqqa bormay, Ansu Fatini misol qilish mumkin.
O‘smirlik davridayoq “Barsa” etakchisiga aylangan Fati jamoadan Lionel Messi ketganidan keyin uning vorisi sifatida e’tirof etilgandi. Keyinchalik jarohatlar girdobiga tushib qolgan futbolchi avvalgi daradasiga ko‘tarila olmadi.
Fikrlar