Yaman - O‘zbekiston bellashuvining hakamlari ma’lum

  • 11.06.2021 12:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari doirasida Yamanga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

“Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tadigan mazkur bahsni BAAlik referi Muhammad Abdulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammad Alhammadi hamda Muhammad Hasan yordam berishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

JCh-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bosqichi

11 iyun - 23.00 | Yaman - O‘zbekiston

Bosh hakam: Muhammad Abdulla (BAA)

Yon hakamlar: Muhammad Alhammadi (BAA), Muhammad Hasan (BAA)

Zaxira hakami: Ali Hasan Alsamaheji (Bahrayn)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!