Yaman murabbiyi: Falastin O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongach bizda ishonch paydo bo‘lgandi. Ammo...

  • 10 iyun, 2021, 19:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaman - O‘zbekiston o‘yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida raqib bosh murabbiyi Ahmad Ali Qosim ishtirok etdi.

- Ertangi o‘yinimiz og‘ir kechishini bilamiz. O‘zbekiston terma jamoasi guruhda favoritlardan biri. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda tezkor gol bizni qiynab qo‘ydi. Keyingi bahsga jiddiy tayyorlandik.

O‘zbekiston favorit hisoblansa ham o‘z kuchimizga ishonamiz. Avvalgi uchrashuvda durangga loyiq edik.

Falastin O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongach, bizda ishonch paydo bo‘lgandi. Ammo hujumga tashlanib himoyada xatolarga yo‘l qo‘yib yirik hisobda yutqazganmiz. Bu safar O‘zbekistonning qanday kichga ega ekanligini bilib turibmiz.

O‘zbekiston bir xil darajadagi 23 futbolchiga ega. Ularning birini alohida ajratishni istamagan bo‘lardim. Barchasi yuqori saviyada o‘ynashadi, - dedi Ahmad Ali Qosim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!