Asosiy mazmunga oʻtish

Yan Nepomnyashiy: "Yosh o‘zbek maestro­siga qarshi o‘yin oson kechmadi"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Aeroflot Open g'olibi yurtdoshimiz haqida fikr bildirdi

Aeroflot Open gʻolibi  Yan Nepomnyashiy turnirning 9-turida durang oʻynagan yurtdoshimiz Muhammadzohid Suyarov haqida fikr bildirdi.

"Suyarov oq donalarda juda ehtiyotkor oʻynadi. Men, albatta, gʻalaba uchun oʻynashni xohladim, lekin yutuq yoʻlida vaziyatni yomonlashtirgim ham kelmadi.

Bir paytga kelib, mening pozitsiyam yaxshiroq boʻlib qoldi, uning esa vaqti kam edi. Ammo men aniq oʻynamadim. U bir nechta kuchli yurishlarni topdi va pozitsiyani tenglashtirdi. Bu yurishlarni topish oson emas edi, tan olish kerak.

Rossiyalik grossmeyster Suyarovning oldingi partiyalarini ham eslab oʻtdi:

Agar rostini aytsam, bu partiyada u oldingi uchta partiyadan ham yaxshiroq oʻynadi. Chunki bizning matchdan oldin u  Dubov, Grishchuk va Ryazantsev ustidan ketma-ket uchta gʻalaba qozongan edi.

Osha partiyalarda u har safar deyarli yutqazayotgan holatda turgan, lekin raqiblari xato qilgan.

Albatta, shaxmatda doim xato qilish ehtimoli saqlanib turadi. Ammo bu safar ular yosh oʻzbek maestrosiga qarshi oʻyinni toʻliq nazorat qila olishmadi", - dedi rossiyalik shaxmatchi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q