Yana bir charm qo‘lqop ustamiz "Strandja" turnirini muvaffaqiyatli boshladi
Bugundan Bolgariyaning Sofiya shahrida anʼanaviy 77 "Strandja" xalqaro turniri boshlandi.
-90 kg vazndagi umidli bokschilarimizdan biri Samir Sobirov ham turnirdagi ilk jangini o‘tkazdi. Vakilimiz turkiyalik Emre Taskinga qarshi ringga ko‘tarilib, shiddatli ko‘rinish olgan jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda Fazliddin Erkinboev va Dalai Ganzorig (Mo‘g‘uliston) qarama-qarshiligi kutyapti.
Fikrlar