Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Yana bir hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Vakilamiz keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Bugun ham charm qo‘lqop ustalarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangan.

-70 kg da hamyurtimiz Oysha Toirova va ukrainalik Anastasia Chernokolenko jangi yakunlandi. Barcha raundlarda raqibasidan faolroq harakat qilgan Toirova yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir yurtdoshimiz Javohir Abdurahimov va Qozog‘iston vakili Timur Nurseitov qarama-qarshiligi kutib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q