Yana bir yulduz Saudiyani tark etmoqda

  • 19 iyul, 2024, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta ishtiyoq bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan hamma futbolchi ham arab diyori shart-sharoitlariga moslasha olmadi.

Tecno

Ketganlar orasida Evropaga qaytayotganlar ham bor. Frantsiyalik jahon chempioni Ngolo Kante tez orada Angliya Premer-ligasiga qaytishi kutilyapti.

The Guardian nashrining yozishicha, “Vest Xem” bosh murabbiy Xulen Lopetegi klub rahbariyatidan Kanteni olib kelishni so‘ragan. “Vest Xem” mutasaddilari bu transferni 23 million evro evaziga amalga oshirish uchun “Al-Ittihod” bilan muzokara olib bormoqda.

Ngolo Kante Saudiya Arabistoniga ketguniga qadar Angliya Premer-ligasida “Lester Siti” va “Chelsi” sharafini umumiy hisobda sakkiz yil himoya qilgan.

33 yoshli yarim himoyachining “Al-Ittihod” bilan shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar davom etadi. Yakunlangan mavsumda Kante 44 ta uchrashuvda to‘rtta gol va oltita assist qayd etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!