"Yana boshidan, yana kuchliroq, yana maqsad sari" - O‘rinboev jarohatdan qaytdi
Muhammadali O‘rinboev jarohatidan tuzalib, maydonga qaytdi.
Futbolchi 12 oktyabr kuni Qozog‘istonga qarshi birinchi uchrashuvda o‘zini noqulay his qilib, maydonni tark etgan edi. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng futbolchimiz orqa son mushak qismidagi jarohati sababli 3-4 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi.
20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Belgiya klubi shifokorlarining nazorati ostida tiklanish jarayonlarini olib bordi.
"Uzoq davom etgan jarohat va tiklanish jarayonidan so‘ng nihoyat maydonga qaytdim. Yana boshidan, yana kuchliroq, yana maqsad sari", - deya o‘zining instagramiga post qoldirdi O‘rinboev.
Fikrlar