
Yana debyutda maydonni suv bosdi, bu safar yomg‘ir sababli!
Bugun 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shabab Al Ahli" (2:1) o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. O‘yin davomida futbolchilarga hamroh bo‘lgan yomg‘ir maydonni suvga to‘ldirdi.
O‘tgan mavsumda ham "sherlar"ning ilk rasmiy uchrashuvida maydonni suv bosgan edi. Faqat, unda yomg‘ir orqali emas, balki texnik nosozlik yuzaga kelgan, ya’ni o‘yinning 18-daqiqasida maydonni sug‘oruvchi texnika izdan chiqqandi va bosh hakam bellashuvni ma’lum vaqt davomida to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lgandi. Buning oqibatida hakam birinchi bo‘limga 24 daqiqa vaqt qo‘shib berishiga to‘g‘ri kelgandi. Ushbu bellashuvda Masharipov (76') va Marat Bikmaev (84') tomonidan kiritilgan gollar bizni guruh bosqichiga olib chiqqan edi.
Fikrlar