
Yana ikki nafar hakam VAR/AVAR litsenziyalarini qo‘lga kiritdi
27 aprel kuni navbatdagi hakamlarimiz VAR/AVAR yakuniy nazorat bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, VAR/AVAR litsenziyalarini qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, hakamlarimiz qo‘lga kiritgan litsenziyalar soni yana 2 taga ko‘paydi.
Komiljon Rasulov — VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qilish;
Husan Xudoyberdiev — AVAR hakami sifatida ishlash uchun litsenziya oldi.
Demak, VAR, AVAR hamda VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oluvchilar soni quyidagicha ko‘rinish olmoqda:
VAR hakamlari soni: 17 nafar;
AVAR hakamlari soni: 20 nafar;
VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oladiganlar soni: 22 nafar.
Fikrlar