Yangi jamoa topinglar! Ibragimovich "Milan"ning uch futbolchisini haydadi

  • 2 fevral, 19:00
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Zlatan Ibragimovich "Milan"ning uchta futbolchisidan klubni tark etishni so‘radi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, kecha klub o‘quv-mashg‘ulot bazasida Zlatan Fikayo Tomori, Alvaro Morata va Davide Kalabriya bilan suhbatlashdi. Aytilishicha, maslahatchi o‘zining odatiy uslubida so‘zlashib, uchta o‘yinchiga ham transfer takliflarini qabul qilishni maslahat bergan.

Ispaniyalik hujumchi va italiyalik himoyachi sobiq futbolchining iltimosini qabul qilgan (Morata "Galatasaray"ga, Kalabriya esa "Bolonya"ga o‘tadi). Biroq, ingliz himoyachisi Tomori "Tottenxem"ga o‘tishdan yana bir bor bosh tortganini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!