Yangi mavsumga "shovqinlarsiz" tayyorlanayotgan Superliga jamoasi ertaga Tojikiston klubiga qarshi maydonga tushadi

  • 21.02.2022 22:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing yangi a’zosi – “Olimpik” go‘yo “sirli tulpor”ga o‘xshaydi. Chunki asosan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi negizini tashkil qiladigan jamoa Timur Kapadze boshchiligida ortiqcha “shovqinlarsiz" chempionatga tayyorlanyapti.

Tarkibda katta o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Asosan pro ligada o‘ynagan futbolchilar. Kapadze esa ular bilan yaxshi jamoani shakllantiryapti.

tojik_2

Ayni paytda “Olimpik” ham nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishda davom etyapti. Oxirgi marta “Zomin” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan debyutant bu safar Tojikistonning “Xo‘jand” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoalar ishtirokidagi bahs ertaga “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!