“Yangi Neymar” paydo bo‘ldi. Evropa klublari uni talashmoqda

  • 23 aprel, 2021, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyada “yangi Neymar” nomi bilan tanilgan “Santos” hujumchisi Kayo Jorjeni Italiya superklublari talashmoqda.

Tecno

Ayni paytda “Yuventus”, “Napoli”,  “Roma” va “Milan” 19 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatni boshlagan. Ular yosh futbolchini tezroq Evropaga kelishini kutmoqda.

Ayniqsa, Kayoning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 31 dekabr kuni yakunlanishi uning transferini osonlashadi. Bunday vaziyatda klublar futbolchining o‘zi bilan kelishib olsa bo‘ldi, shartnomasi tugayotgan futbolchining transfer summasi ahamiyat kasb etmaydi.

Shunga qaramay, Kayoning transferi 12 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!