
Yangi tarix yaratayotgan AGMK haqida
AGMK futbol klubi 2004 yili Olmaliq kon metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan.
2004 yilda AGMK O‘zbekiston Chempionatining Birinchi Ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada ariza qabul qilindi. Debyut mavsumning Sharq ligasida qatnashgan AGMK 6-o‘rinni egallagan.
Keyingi yillarda ham liganing o‘rta qismlaridan joy oldi. 2007 yilgi mavsumning oxirida AGMK birinchi ligada ettinchi o‘rinni egalladi, ammo Oliy Ligada ishtirok etishlari kerak bo‘lgan ikkita klub moliyaviy sabablarga ko‘ra yuqoriga ko‘tarila olishmadi. Buning oqibatida, olmaliqliklar Oliy Ligada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Mamlakatimizning eng yuqori ligasidagi ilk mavsumda klub 16 ta jamoa orasida 10-o‘rinni egallab, O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga yo‘llanma oldi. O‘sha mavsumda oltita gol muallifi bo‘lgan litvalik Arturas Fomenko klubning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
2009 yilda klub "Olmaliq" nomiga o‘zgartirildi, mashhur o‘zbek futboli yulduzi Igor Shkvirin klub bosh murabbiyi bo‘ldi. Ushbu mutaxassis boshchiligidagi ilk mavsumdayoq, olmaliqliklar O‘zbekiston chempionatini 4-o‘rinda yakunlashgan. Bu klub tarixidagi eng yaxshi natija edi.
Keyingi mavsumlarda ham jamoa yaxshi o‘yinlari bilan muxlislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Kezi kelsa, Shkvirin shogirdlari O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan jamoalarini ham dog‘dira qoldirishdi.
Ammo Shkvirin jamoani tark etgach, 2016 yili "Olmaliq" mavsumni 13-pog‘onada tugatdi.
2018 yilda jamoa o‘zining sobiq nomi AGMKga o‘zgartirilganini e’lon qildi. 2004-2008 yillarda aynan AGMK nomi bilan klub faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2009 yildan 2018 yilgacha "Olmaliq" deb nomlangan edi.
2018 yilda AGMK nomi bilan Superligada 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan edi. 11152 nafar muxlis tashrif buyugan "Istiqlol" o‘yingohda "Paxtakor" jamoasiga qarshi kubok uchun bahslashgan va yakunda 3:1 hisobidagi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritib, Osiyo Chempionlar Ligasining saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
Afsuski, OChL saralash bosqichida AGMK muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi.
2018 yili olmaliqliklarning O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritganliklari eng yaxshi natijalari bo‘lib turibdi. E’tiborli tomoni, 2019 yili ham ushbu sovrinni yana bir bor qo‘lga kiritishlari mumkin, ammo bu safar "Paxtakor" jamoasi o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra, ancha jiddiy ko‘rinishda.
Bundan tashqari, klub 2012 yili PFL Kubogi finaliga qadar etib borgan va 2013 yili esa ushbu turnir g‘olibiga aylangan.
2010 yilda jamoa hujumchisi Nosir Otaqo‘ziev "Neftchi" forvardi Alisher Xoliqov
bilan bir hil 13 ta gol urib, mavsum to‘purariga aylangan.
Umumiy hisobda jamoani 5 ta murabbiy boshqargan. AGMKning ilk murabbiyi Rafael Fabarisov 2004-2007 yillarda ishlagan. 2008-2016 yillarda Igor Shkvirin klubni muvaffaqiyatlar sari etaklagan. Shkvirindan so‘ng, Viktor Kumikov ham jamoa uchun xizmat qilgan bo‘lsa, 2018 yili AGMKni Baxtiyor Ashurmatov boshqardi va ayni damda Mirjalol Qosimov jamoaning kelajagini qurmoqda.
Olmaliqliklar joriy mavsum musobaqa jadvalining 20-turidan keyin, 19 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turishibdi. Garchi, 11 bor yutqazishga ulgurgan bo‘lsa-da, "Qo‘qon-1912" klubini 7:1 hisobida va "Navbahor" kabi jamoaning uyida 1:0 hisobida mag‘lub etishga erisha oldi. Bundan tashqari, AGMK hujumchisi Zafar Polvonov 11 ta gol bilan to‘purarlar bahsida yana 2 ta futbolchi bilan bir qatorda ikkinchi bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Liga Kubogini ham yarim finaliga qadar etib bora oldi va finalga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Eng asosiysi ketma-ket ikkinchi mavsumda jamoa O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqishga erishdi.
AGMK tarkibida to‘p surgan eng yaxshi va mashxur futbolchilar ro‘yxatini namoyish etamiz:
Arslanmirat Amonov, Maqsatmurod Shomurodov, Pavel Xarchik, Murod Xamroev, Omar Berdiev, Nazar Choliev (barchasi Turkmaniston), Pavel Matyash, Farhod Musabekov (ikkisi ham Qirg‘iziston), Valeriy Fomichyov (Qozog‘iston), Georgiy Kvesieshvili (Gruziya), Evgeniy Gogol, Aleksey Jdanov (ikkisi ham Rossiya), Vladislav Kosminin (Belorussiya), Yaroslav Martinyuk (Ukraina), Vadim Chemirtan, Adrian Kashkaval (ikkisi ham Moldoviya), Arturas Fomenko (Litva), Aleksandr Alempievich, Igor Petkovich, Darko Stanoevich, Nemanya Yovanovich, Igor Elich (barchasi Serbiya), Shaker Zuagi (Tunis), Oleg Zoteev, Shavkat Mullajonov, Zafar Xolmurodov, Jahongir Jiyamurodov, Shavkat Salomov, Shahboz Erkinov, Sanjar Shoahmedov, Nosir Otaqo‘ziev, Javlon Guseynov, Spartak Murtazoev, Kamoliddin Murzoev.
Erishgan yutuqlari:
O‘zbekiston Kubogi sohibi (2018)
O‘zbekiston PFL Kubogi sohibi (2013)
O‘zbekiston PFL Kubogi finalchisi (2012).
Jamoaning amaldagi tarkibi:
Darvozabonlar:
45 - Akbar To‘raev
1 - Nizomiddin Ziyovutdinov
12 - Roman Abdulov
32 - Suxrob Sultonov
Himoyachilar:
23 - Akmal Shorahmedov
44 - Boburbek Yo‘ldoshev
19 - Vladislav Kosminin (Belorussiya)
58 - Dostonbek Berdiqulov
52 - Lazizbek Muhammadjonov
20 - Mirg‘iyos Sulaymonov
50 - Otabek Sherg‘oziev
31 - Saydullo Rahmatov
59 - Saydullo Toshpo‘latov
33 - Sardor Rahmonov
27 - Shaxzodbek Alaqulov
28 - Sheroz Jalolov
29 - Eldorbek Begimov
Yarim himoyachilar:
5 - Dilshod Jo‘raev
22 - Jasur Yaxshiboev
30 - Jasurbek Umarov
11 - Zoxir Pirimov
60 - Kamron Saidazimov
56 - Malikshoh Rasulov
4 - Mirjamol Qosimov
17 - Murodjon Toshmatov
18 - Rasul Yo‘ldoshev
8 - San’at Shixov
54 - Sarvar Ablaev
57 - Farhod Imamov
36 - Shoxboz Umarov
53 - Shuhrat Inoyatov
4 - Erkin Boydullaev
21 - G‘ulomhaydar G‘ulomov
88 - Igor Zonich (Serbiya)
Hujumchilar:
15 - Jasur Hakimov
9 - Zafar Polvonov
38 - Kamronbek Abdulhamidov
55 - Sardor Abdunabiev
99 - Shahzodbek Nurmatov
30 - Elguja Grigalashvili (Gruziya)
Fikrlar