Yangi xo‘jayin “Roma”ga super transferlarni uyushtirib bermoqda
“Roma”ning yangi xo‘jayiniga aylangan Fridkin kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish uchun mablag‘ ajratdi.
Rimlarning ijrochi direktori Gvido Fienga Angliyaga yo‘l oldi va bir necha transfer masalalarini qilib kelishni mo‘ljallamoqda.
Xususan, “bo‘rilar” vakili birinchi navbatda “Chelsi” futbolchisi Jorjino Frelloning transferini amalga oshiradi. Chunki bu yarim himoyachining o‘zi A Seriyaga ko‘chib o‘tib, “Roma” tarkibiga qo‘shilishni istamoqda.
Shuningdek, Fienga “Arsenal” rahbariyati bilan uchrashib, rimliklar sharafini himoya qilayotgan afrikalik yarim himoyachi Amadu Diavarani sotib yuborish bo‘yicha muzokara qiladi. Bu orqali “Roma” Jorjinoga tarkibdan joy tayyorlamoqchi.
Fikrlar