
Yangilanayotgan "G‘ijduvon" o‘rtoqlik o‘yinida javobsiz 9 ta gol urdi!
Tubdan yangilanayotgan Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasi pro liganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda. Tarkibga esa ko‘plab yangi o‘yinchilar taklif qilinmoqda.
Jumladan, Sardor Qobuljonov, Abduholiq Qurbonov, Timur Ismoilov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Siroj Meliev, Sanjar Rashidov, Rustam Abduhamidov, Amirjon Safarov va yana boshqa futbolchilarni aytish mumkin. Tarkibda afrikalik legioner ham bor.
Hakim Fuzaylov jamoasi “Paxtakor-79”ga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va unda o‘ta yirik 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“G‘ijduvon”: Sardor Qobuljonov, Farruh Ibrohimov, Abduholiq Qurbonov, G‘olibjon Sariboev, Avazxon Mamatxo‘jaev, Siroj Meliev, Sanjar Rashidov, Timur Ismoilov, Rustam Abduhamidov, Muxriddin Shamsiddinov, Alassa Mongbet.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Akobir Qayumov, Sergey Proxorov, Ravshan Sultonov, Javohir Alijonov, Jasur Qurbonov, Akmal Kozimov, Sardor Matmurodov, Amirjon Safarov, Timur Usmonov, Bahodir Abduvaliev.
Gollarga Muxriddin Shamsitdinov, (3 ta), Timur Usmonov (2 ta), Timur Ismoilov, Rustam Abduhamidov, Amirjon Safarov mualliflik qilishdi. Yana bir gol avtogol sifatida kiritildi.
Fikrlar