Yaponiya terma jamoasi a’zosi Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi
Germaniyaning "Shtutgart" klubi "Sent-Tryuyden" yarim himoyachisi Vataro Endoni sotib oldi.
Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli yaponiyalik futbolchi joriy mavsumni "Shtutgart" safida ijarada o‘tkazayotgan edi. Uning ko‘rsatayotgan o‘yini murabbiylarga ma’qul kelgan va u o‘tgan davr mobaynida jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylana oldi.
Endo Yaponiya terma jamoasi safida 22 ta o‘yinda ishtirok etgan va 1 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar