Yaponiya va moldovalik mutaxassislar stol tennisi bo‘yicha seminar o‘tkazdi

  • 22 noyabr, 2019, 07:30
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Mazkur seminar O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 150 nafar ayol murabbiylar qatnashdi. 

Tecno
Seminarni O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova, Moldovada xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Elena Mokrousova hamda yaponiyalik Chinatsu Mazaki kabi mutaxassislar olib bordi. Unda ishtirokchilar stol tennis sport turi bo‘yicha yangilangan qoidalar, sportchilarni zamonaviy texnikalardan foydalangan holda yangicha uslub bo‘yicha shug‘ullantirish va ayollar o‘rtasida ushbu sport turini yanada ommalashtirish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga bo‘ldilar.
 
– Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, stol tennisini aholi, ayniqsa, ayollar o‘rtasida keng ommalashtirish ularni bo‘sh vaqtlarini sport bilan mazmunli o‘tkazgan holda salomatliklarini yanada yaxshilashga qaratilgan, – deydi S.Mahmudova. – Shuningdek, yoshlarni ushbu sport turi bilan professional tarzda shug‘ullantirib yangi nomlarni kamol topishiga o‘z hissalarini qo‘shayotgan murabbiylarga va nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazayotgan murabbiylarimiz uchun kerakli ko‘rsatmalarni berdik. O‘ylaymanki, bu kabi seminarlar murabbiy va hakamlarimizning kelgusi faoliyatlarida muhim dasturil amal bo‘ladi.
 
photo_2019-11-22_07-00-53photo_2019-11-22_07-01-24photo_2019-11-22_07-00-53_1
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!