Yaponiyalik futbolchi APL grandlarining "radariga" tushib qoldi
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari "Ayntraxt" yarim himoyachisi Daichi Kamadaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Spotsmail nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz grandlari yaponiyalik futbolchini kelasi yozda, nemislar bilan shartnomasi yakunlanganda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shunday qilib, yaponiyalik yangi klubga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin. Avvalroq futbolchiga Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
26 yoshli Kamada joriy mavsum “Ayntraxt” safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar