
Yarim final juftliklari bilan tanishing
Futzal bo‘yicha Kuvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi uchrashuvlari davom etmoqda. Biroz avval O‘zbekiston hamda musobaqa mezboni o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda termamiz yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Shu tariqa, yarim final juftliklari aniq bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston - Yaponiya hamda Eron - Tailand terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurash olib boradi.
Fikrlar