Yaxshiboev Polshada gol ura boshladi

  • 25 fevral, 2021, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha chempionatida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilgan musobaqa peshqadami – “Legiya” jamoaga yangi kelgan futbolchilarni sinab olish uchun “Legiya-2” bilan sinov-nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Bu bahsda “Legiya” tarkibida chempionatda o‘ynagan futbolchilar ishtirok etmadi.

“Legiya” matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, bellashuvning birinchi yarmida kuchlar teng keldi. Biroq, ikkinchi bo‘limda varshavaliklarning asosiy tarkibi albaniyalik Ernest Muchi, o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboev va ukrainalik Nazariy Rusin tomonidan kiritilgan gollar evaziga 3:0 hisobida zafar quchdi.

Jasur Yaxshiboev o‘z golini 50-daqiqada kiritdi.

“Legiya” muxlislariga MDHdan kelgan legionerlar yoqmayapti, Yaxshiboev esa...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!