Yaya Ture faoliyatini Xitoy klubida davom ettiradigan bo‘ldi
"Barselona" va "Manchester Siti" klublari sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture o‘ziga Xitoy klubidan ish topdi.
36 yoshli afrikalik futbol yulduzining yangi ish joyi "Tsindao Xaynyu" klubi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoa nufuzi jihatidan mamlakat ikkinchi divizionida harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turening so‘nggi jamoasi Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar