Yaya Ture koronavirus sabab Xitoy klubidan ketmoqchi

  • 12.02.2020 12:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va "Manchester Siti" klublarining sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture faoliyatini Paragvay chempionatida davom ettirishi mumkin.

Ole nashri tarqatgan xabarga qaraganda 36 yoshli afrikalik futbolchiga "Libertad" klubidan takliflar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ture 2019 yilning yozida Xitoyning "Tsindao" klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Ammo, mamlakatda tarqalgan koronaviruv epidemiyasi sabab u Xitoyni tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Yaya Ture faoliyati davomida "Olimpiakos", "Barselona" va "Manchester Siti" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!