Yaya Ture nega faoliyatini yakunlamoqchi?
Xitoyning “Tsindao Xaynyu” klubi yarim himoyachisi Yaya Ture futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. U butsalarini mixga ilgach FIFAda ishlamoqchi.
“FIFAda irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha ishlashim uchun faoliyatimni tugatishim kerak. Bu narsalar juda yomon ekanligini bilaman va shuning uchun ham ularga qarshi kurashishni xohlayman.
FIFA ham, UEFA ham ushbu muammoni hal qilish uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirishayotganini bilaman, ammo biz muxlislar bilan ham ishlash haqida o‘ylashimiz kerak. Shuningdek klublarni ham jazolash lozim”, - deydi afrikalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Yaya Ture faoliyati davomida “Monako”, “Barselona” va “Manchester Siti” kabi grand klublarda o‘ynagan.
Fikrlar