Yoqutxon Xolbekova – Jahon chempioni!

BEPUL PROPAN

Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilayotgan para engil atletika bo‘yicha Jahon chempionatidan navbatdagi xushxabar!

Bundan biroz avvval ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 5.48 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Yoqutxon Xolbekova 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 5.54 metr natija bilan kumush medal hamda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Musobaqaning ortda qolgan uch kuni natijalari ko‘ra, hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 2 ta oltin va 2 ta kumush medal mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!