Yosh bolalarga raqobatda yutqazgan futbolchi qishdayoq "Barsa"ni tark etmoqchi

  • 30.12.2021 15:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoani tark etishi kerakligini tushunib etdi. 

"Mundo Deportivo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, braziliyalik klubdagi mavqei o‘zgarmasligini biladi. Shu sababli, u "Barsa"ni tark etishni to‘g‘ri qaror, deb hisoblaydi. 

Filippe Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etmoqchi va buning uchun unga ko‘proq o‘yin amaliyoti bera oladigan jamoa kerak. 

Gavi va Nikoga nisbatan "Barsa" murabbiylar shtabining ishonchi ortib borayotganini ko‘rib, u o‘z agentlariga zudlik bilan yangi klub topish vazifasini yukladi. U qishdayoq "ko‘k-anor ranglilar" bilan xayrlashish niyatida. 

Ayni vaqtda 29 yoshli pleymeykerning agentlari "Everton", "Arsenal" va "Tottenxem" kabi klublar bilan aloqa o‘rnatmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq unga "Nyukasl"dan taklif bo‘lgandi, biroq futbolchi bu klubga o‘tib tavakkal qilmoqchi emas. 

Joriy mavsumda Koutino kataloniyaliklar safida umumiy 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!