Yosh tennischilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda

CHERY AUTO

Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “J60” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirga Namangan shahri mezbonlik qilmoqda.

Tecno

O‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur musobaqada tennischilarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hong Kong, Tojikiston va Xitoy kabi davlatlardan kelgan raketka ustalari bahslashmoqda.

Yakkalik bahslarida hamyurtlarimizdan Abdulaziz Usmonjonov va Nuriddin Baxtiyorov chorak finalga yo‘l oldi. Endi Abdulaziz yarim final ostonasida neytral tennischi Rafael Asadullin bilan kuch sinashsa, Nuriddin qozog‘istonlik Dias Tulepbergenovga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, juftlik bellashuvlarida Abdulaziz Usmonjonov va Suxrob Saidov tandemi chorak finalda qozog‘istonlik Timur Saulenko va Aidin Batirbekovni 6:3, 6:7, 10:4 hisobida taslim qildi.

Qizlar o‘rtasida Shahzoda Ortiqboeva hamda Samira Qozieva juftligi yarim final bosqichiga yo‘l olib, neytral tennischilar Mariya Masliakova va Sofiya Vedernikova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!