Yoshko Gvardiol: "Bizni esdan chiqarishdi"
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol APLda chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.
"Mavsum boshida bizni chempionlik imkoniyatlarimizni past baholashayotgani sezildi. Hamma faqat "Arsenal" va "Liverpul" haqida gapirdi. Ketma-ket g‘alabalarimizdan so‘ng bizniyam hisobdan chiqarmaslik kerakligini tushunib etishdi. Oldinda hali juda ko‘p o‘yinlar bor, bizni qiziqarli mavsum kutib turibdi",- dedi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bu turda Gvardiola shogirdlari "Aston Villa" maydoniga safar qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi bellashuv 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.



Fikrlar