Yoshlarimiz 32 ta medal bilan mutlaq birinchi bo‘lishdi

  • 26 may, 11:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

To‘rt kun davomida poytaxtimizdagi muhtasham "Alpomish" arenasi dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan "Tashkent Cadet and Junior Asian Cup" musobaqasiga mezbonlik qildi. 

Tecno

Turnirning so‘nggi ikki kuni yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi. Yoshlarimiz ham o‘smirlarimiz singari medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida mutlaq birinchi o‘rinni egallashdi. Terma jamoamiz 9 ta oltin, 9 ta kumush, 14 ta bronza, jami 32 ta medal bilan birinchi pog‘onadan joy olishdi. 

Qirg‘iz Respublikasi dzyudochilari 3 ta oltin, 1 ta kumush bilan ikkinchi o‘rinni band etishdi. Bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan Tojikiston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasadi. IJF bayrog‘i ostida tatamiga chiqqan dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Qozog‘iston, Gruziya, Hindiston va Eron Islom Respublikasi delegatsiyalari ham kumush ham bronza medallariga ega chiqishdi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!