Yoshligini Yaxshiboevga o‘xshatgan, serbcha komediyalarni yoqtiradigan...Yoki virus ustidan g‘olib chiqishimizga ishonayotgan Dragan Cheran nimalar dedi?

  • 15 aprel, 2020, 10:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi mavsumlarda chempionatimizning eng yaxshi legioneri bo‘lib kelayotgan “Paxtakor”ning serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran o‘tgan vaqt davomida ko‘plab muxlislariga ega bo‘ldi. Natijada Superligamizdagi legionerlar haqida gap ketganda ular uchun Cheran namuna sifatida ko‘rsatilmoqda. Dragan yangi mavsumni ham o‘ziga xos tarzda samarali boshlagandi. Lekin endilikda vaziyat o‘zgarib, hamma joyda karantin joriy etilgach, boshqalar qatori Cheran ham uyda qolmoqda. Biz esa unga hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda bir qator savollar bilan murojaat qildik.  

Tecno

- Karantin paytida nima qilyapsiz? Futbolsiz zerikib qolayotgandirsiz-a?

- Ha, zerikdim. Aytishim kerakki, bu barchamiz uchun qiyin bo‘lgan payt, ayniqsa, futbol klublari va o‘yinchilarga. Hozirgi paytda esa biz uyda, oilamiz bilan birga karantindamiz. Ammo uyda bekor o‘tirganimiz yo‘q. “Paxtakor” murabbiylari tomonidan bizlarga yuborilgan maxsus dastur asosida uyda individual tarzda ishlayapmiz. Ayniqsa, jismoniy holatimizni, sport formamizni ushlab turish hamda chempionat bahslari boshlanganida bizga osonroq bo‘lishi uchun yakka tartibda bo‘lsa-da, mashg‘ulotlar o‘tkazib turibmiz.

cheran4

- Bunday paytda futbol o‘yinlarini tomosha qilyapsizmi yoki...

- Belorussiya chempionatini Jasur Yaxshiboev sababli kuzatib boryapman.

- Sizningcha, Jasur Yaxshiboev nima uchun o‘zini “Paxtakor”da ko‘rsata olmadi?

- Uni juda ham yoqtiraman. Jasur mening yoshligimni eslatib yuboradi. Hamisha unga qarshi o‘ta xushyor o‘ynashing kerak. Yaxshiboevning yoshi va xarakteri sababli katta potentsialga ega. Jasurdan kelajakda hali ko‘p yaxshi natijalarni ko‘ramiz deb o‘ylayman.

- Serbiyaga qaytishga harakat qilmadingizmi?

- Yo‘q, uyga ketishga harakat qilmadim.

cheran7

- “Paxtakor”ga yangi qo‘shilgan tajribali hujumchi Eren Derdiyok haqida fikringiz qanday?

- Yaxshi inson, ijobiy shaxs, ulkan tajribaga ega. U katta futbolchi, mashhurlikka erishgan va o‘ziga yarasha nomi bor.

- Superliga qachon davom ettirilishi hali noma’lum. Oldingidek sport formasiga kirish endi juda qiyin bo‘ladimi?

- Yana o‘sha amaliyotga ega bo‘lish, yana futbol o‘ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Albatta, hozir juda qiyin payt. Ushbu virus hozircha bizdan ko‘plab yoqtirgan narsalarimizni va ishimizni olib qo‘ydi. Lekin biz bu vaqt ichida yanada kuchliroq hamda birlashgan holda qaytamiz deb o‘ylayman.

- Karantin paytida uyda ko‘proq qanday kinolarni ko‘ryapsiz?

- Serbcha komediyalarni eng yaxshisi deb o‘ylayman. Biz yumor, hazil mutoyiba bo‘yicha eng yaxshi sahnalarga egamiz. Shu sababli bizning kinolarimiz ham juda quvnoq va hazillarga to‘la.

- Sizga qaysi aktyorlar yoqadi?

- Komediya aktyorlaridan Jim Kerri, Rovan Atkinson, Kevin Xard va Kris Roklarni tanlayman.

cheran_1

- Shuningdek, karantin chog‘ida uyda o‘tirishning ham foydali tomonlari bormi?

- Bu foydali, lekin doim ham emas.

- Shota Arveladze bilan ham muloqot qilib turibsizmi yoki faqat uning yordamchilari bilan gaplashyapsizmi?

- Bizning umumiy xabarlar yozishadigan guruhimiz bor. Unda futbolchilar va murabbiylar shtabi bor. Biz har kuni bir-birimiz bilan aloqadamiz. U o‘zining ijobiy fikrlari bilan bizga yordam beryapti va bu yo‘lda jamoaviy ruh yanada shakllanib boryapti.

- Karantin paytida ham “Paxtakor” sizlarga oylik maosh to‘layaptimi yoki...

- Ha, hammasi hozirgacha yuqori saviyada. Shuningdek, ular “Paxtakor”da barchaga hurmat ko‘rsatishyapti. Bu ham bizning nima uchun eng yaxshi jamoa bo‘lib turganimizning sabablaridan biri.

cheran6

- Nima deb o‘ylaysiz, karantin qachon tugarkin-a?

- Umid qilamanki, O‘zbekiston aholisi berilgan ko‘rsatmalarga amal qilib uyda qoladi, xushyor bo‘ladi va biz birgalikda ushbu yomon raqibni enga olamiz. Umid qilamanki, bu tez orada ro‘y beradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!