Yosixito Nisioka Tsintsinnatida zaharlandi
Ogayo shtatining Tsintsinnati shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida "Mastres" turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda.
Unda yaponiyalik tennischi Yosixito Nisioka chorak final bosqichida ishtirok etishi kerak edi. Ammo u o‘yin oldidan ovqatdan zaharlandi va uchrashuv o‘tkaza olmasligini e’lon qildi.
Shu tariqa Yosixitoning raqibi belgiyalik David Goffin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yarim finalga chiqdi va frantsiyalik Rishar Gaske bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar