Yovich yangi mavsumni "Milan"da boshlashi mumkin

  • 20 avgust, 2019, 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati yakuniga etib borayotgan yozgi transferlar davrida jamoa safiga jalb etilishi mumkin bo‘lgan hujumchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra “rossonerilar”ning bu boradagi short-listida "Atletiko" forvardi Anxel Korrea birinchi bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda esa “Real”ning dominikanlik hujumchisi Mariano Dias bor.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mobodo “Milan” ularning ikkalasini ham sotib ololmasa, u holda bor e’tiborini “qirollik klubi”ning boshqa bir hujumchisi - Luka Yovichga qaratadi. Ular serbiyalik futbolchini 1 yilga ijaraga olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 21 yoshli Yovichni joriy yozgi transferlar davrida “Ayntraxt”dan 65 mln evro evaziga sotib olgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!