Yozda bizni qanday transferlar kutmoqda? (1-qism)

  • 4 iyun, 2019, 17:03
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada 2018/19 yilgi mavsum o‘z nihoyasiga etdi. Endi klublar dam olib, e’tiborni yozgi transfer oynasiga qaratishadi. Allaqachon klublar o‘zaro muzokaralarni boshlab yuborishgan. Barcha o‘zini qiziqtirgan futbolchisi bilan muzokaralarga kirishadi. E’tiboringizga amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferlarni namoyish etamiz.

Tecno

Leroy Sane "Manchester Siti"ning iqtidorli futbolchisi. Robberi nomi bilan mashhur bo‘gan futbolchilar "Bavariya"ni tark etishdi. Ularning o‘rnini to‘ldirish maqsadida nemis klubi e’tiborini Sanega qaratgan. Transfer narhi 100 million evroga baholanmoqda.

"Bavariya"da to‘p tepayotgan Madridning "Real" klubi futbolchisi Xames Rodrigesga "Napoli" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xamesning transfermarkt.de saytida keltirilgan narhi 65 million evro.

"Monako" klubining rossiyalik futbolchisi Aleksandr Golovinni Germaniyaning "Hoffenxaym" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ammo 30 million evrolik ushbu futbolchini "Monako" klubi qo‘yib yubirish imkoniyati kamroq.

2017/18 yilgi mavsum ChL finali antiqahramoni Lorius Karius hozirda "Beshiktosh" jamoasi posboni hisoblanadi. 7 million evrolik ushbu darvozabonga Germaniyaning "Verder" klubi qiziqish bildirmoqda.

Angliya Premer-ligasida juda chiroyli gollar urishga erishgan "Kristal Pelas" futbolchisi Andros Taunsend faoliyatini "Lester" klubida davom ettirish ehtimoli yo‘q emas. Androsning narhi 15 million evroga teng.

Terma jamoamizning o‘rtoqlik o‘yinidagi raqibi Turkiya termasi a’zosi Ozan Kabak "Shtuttgart" klubini tark etish ehtimoli yuqori. Ozanga ChL finalchisi "Tottenxem" va Bundesliganing "Shalke-04" klubi qiziqish bildirgan. Turk futbolchining narhi 10 million evro.

Bundesliga va Evropa ligasi turnirlarida yuqori saviyada o‘ynagan Sebastyan Xallerning “sovchi”lari ko‘payib qoldi. "Ayntraxt" klubiga futbolchisi transferi borasida "Vest hem" klubidan jiddiy taklif tushishga ulgurdi. Sebastyanning narhi 40 million evrodir.

"Barselona"da kutilganidek o‘yini qovushmayotgan Filippe Koutinoga "Chelsi" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Ammo bu transfer amalga oshish ehtimoli qay darajada aytib bo‘lmaydi. Koutino uchun 100 million evro to‘lashga tayyor bo‘lgan klubni topish qiyin bo‘lib qoldi.

PSJ futbolchisi Tomas Muniega grand jamoalar qiziqmoqda. 35 million evrolik futbolchining xizmatlariga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari ehtiyoj sezishmoqda.

"Uotford" hujumchisi Jerard Deulofeuga Italiyaning "Napoli" klubi qiziqmoqda. Transfer amalga oshish ehtimoli qay darajada aniq aytib bo‘lmaydi. Deulofeuning narhi 18 million evro.

Bir qator yulduzlarni kashf etgan "Sautgempton" klubi Italiyaning "Empoli" jamoasidan 1,500 000 evrolik Bartlomey Dragovskini olib kemoqchi.

"Milan" jamoasining 50 million evrolik posboni Janluijji Donnarummaga "qizil iblislar" qiziqish bildirgan. Ammo "Milan"dan ushbu darvozabonni sotib olish onson emas.

ChL finalchisi Kiran Tripperni "Tottenxem"dan "Yuventus" sotib olishni rejalashtirgan. Umuman olganda 35 million evrolik Tripperga "Yuventus"dan boshqa sovchilar ham topiladi.

"Bavariya" Leroy Sanedan tashqari "Yuventus"ning 100 million evrolik futbolchisi Paulo Dibalani sotib olishni rejalariga kiritgan.

Umuman olganda, yoz faslida bir qator qiziqarli transferlar bizni kutmoqda. Hali grand jamoalar superyulduzlarni bir-birlaridan sotib olish uchun kurashlarga kirishishlari turgan gap. RRR bilan hayrlashgan "Bavariya" katta o‘zgarishlar qilish ehtimoli yuqori. So‘nggi yillardagi eng omadsiz mavsumini o‘tqazgan "Real" klubi muxlislari o‘z jamoalaridan transfer oynasida ko‘p narsa kutishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998977034049
05/06/2019 07:22
Robben va Riberi Bavariyadan ketgani achinarli...