Yozda ketgan Modrich, tezda “Real”ga qaytadi
Xorvatiyalik “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich yozda “Real” bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent maqomida Italiyaning “Milan” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.
Defensa Central nashrining yozishicha, Modrich yana “Qirollik klubi”ga qaytishi mumkin. Manbaga ko‘ra, tajribali pleymeyker professional faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiylik litsenziyasini oladi va “Real” tarkibidagi akademiyalardan birida yosh o‘yinchilar bilan ishlaydi.
40 yoshli futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom. Katta ehtimol bilan Modrich yozda futbolchilik faoliyatini to‘xtatadi.
Luka Modrich “Dinamo Zagreb” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik Bosniya va Gertsegovinaning “Zrinski”, Xorvatiyaning “Inter Zapreshich”, Angliyaning “Tottenxem” klublarida o‘ynagan.
Fikrlar