Yozua Kimmix Chempionlar ligasida Myuller va Kazemironing rekordini yangiladi

  • 24.02.2021 13:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich dastlabki bahsida safarda “Latsio” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Opta Franz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, myunxenliklar yarim himoyachisi Yozua Kimmix shu kuni EChLda rekord o‘rnatdi. U “Bavariya” safida Chempionlar ligasida 50 ta o‘yinda ishtirok etdi va nemis grandi ushbu o‘yinlarning 38 tasida g‘alaba qozondi. Yozua bu borada jamoadoshi Tomas Myuller (36) va “Real” yarim himoyachisi Kazemironi  (36) ortda qoldirdi.

“Bavariya” va “Latsio” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 17 mart kuni Myunxen shahrida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa EChLning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!