"Yulduz"ga aylangan Meyson Grinvudga "Barsa" va "Atletiko" qiziqish bildiryapti

  • 15 dekabr, 2023, 20:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lgan Meyson Grinvud faoliyatini "Xetafe"da davom ettirayotganidan xabaringiz bor. U ijara asosida ispan klubi sharafini himoya qilmoqda. 

Tecno

"TalkSPORT" nashrining xabar berishicha, futbolchining xizmatlariga La Liganing ikki top klubi "Barselona" va "Atletiko" qiziqib qolgan. Klublar uni qishda o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.

"Xetafe" Grinvudning transferidan 20 foiz ulush oladi. "Qizil iblislar" bilan tuzilgan shartnomada shunday band keltirib o‘tilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli Meyson joriy mavsum La Liganing 12 o‘yinida 2 gol va 3 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!