
"Yunayted" ham, "Siti" ham qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Angliya Kubogi 3-bosqichining qayta o‘tkazilayotgan 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vulverxempton" klubini qabul qilib, Xuan Mata tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi.
Bundan tashqari, "Kardiff Siti" safarda "Karlayl" jamoasiga qarshi bahslashib, 4:3 hisobida g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar