Yurgen Klopp: "Final uchun oxirigacha kurashamiz"

CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp ertaga "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL yarim final javob o‘yinidan avval matbuot-anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Ayni damda jahonning 2 eng kuchli hujumchilaridan biri bizga yordam bera olishmaydi. Keyingi bosqichga chiqishimiz uchun 4 ta gol urishimiz kerak. Safardagi natija yomon bo‘ldi, to‘g‘ri. Lekin bu futbol. Toki 11 futbolchim bilan 90 daqiqalik o‘yin kutib turgan ekan, nega harakat qilmas ekanmiz? Balki finalga chiqolmasmiz. Shunday bo‘lsa ham, oxirigacha mardonavor kurashib chiqib ketamiz.Biz final uchun oxirigacha kurashamiz", – dedi germaniyalik mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning javob uchrashuvi ertaga Liverpulda bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning dastlabki o‘yinida "Barselona" o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!