Yurgen Klopp ikki superklub taklifini rad etdi

  • 17.02.2026 22:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp manfaatlarini himoya qilayotgan agent Mark Kositske nemis mutaxassisining murabbiylikka qaytishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

Klopp 2024 yilning yozida “Liverpul” bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan va hozir Red Bull kompaniyasida futbol yo‘nalishi bo‘yicha global rahbar vazifasini bajarmoqda.

- Red Bull korporatsiyasiga kelishidan oldin Yurgen AQSh yoki Angliya terma jamoalarini boshqarishi mumkin edi. Agar u yerda Yulian Nagelsmann bo‘lmaganida, ehtimol Germaniya terma jamoasini ham qabul qilib olgan bo‘lardi.

Hatto “Chelsi” va “Manchester Yunayted” ham unga murojaat qilgan, garchi Yurgen Angliyada boshqa biror klubni boshqarmasligini aniq aytgan bo‘lsa-da. Bu murojaatlar hali ham to‘xtamagan, - dedi agent.

Yurgen Klopp “Liverpul”da 2015 yil oktabridan 2024 yil yanvargacha, jami to‘qqiz yil ishlagan. Bu davrda jamoa uch marta – 2018, 2019 va 2022 yillarda Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

2018-2019 yilgi mavsumda Klopp jamoasi Premier-ligada 97 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu Angliya oliy divizioni tarixidagi uchinchi eng yuqori ko‘rsatkich va chempion bo‘lmagan jamoalar orasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Shuningdek, u UEFA Superkubogi va “Liverpul” tarixidagi ilk klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘alabasini qo‘lga kiritgan, keyin esa klubni Premier-liga chempioniga aylantirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!