Yurgen Klopp jamoasida "Bavariya" yarim himoyachisini ko‘rmoqchi

  • 20 iyun, 2023, 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubning yozgi transfer maqsadlarini aytib o‘tdi.

Tecno

"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis "Bavariya"ga tegishli niderlandiyalik yarim himoyachi Rayan Gravenberxni sotib olishni talab qilmoqda.

Avvalroq OAV 21 yoshli futbolchi uchun kurashda “qizillar”ning asosiy raqibi APLning yana bir vakili – “Manchester Yunayted” ekanligini xabar qilgandi.

Gravenberx 2022 yilning yozida Amsterdamning "Ayaks" klubidan Myunxen jamoasiga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda Rayan nemis grandi safida 33 uchrashuvda qatnashdi. "Transfermarkt" portali uni 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!