Yurgen Klopp mundial vaqti yana nimadan norozi bo‘ldi?

  • 12 dekabr, 2022, 19:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Jahon chempionati sabab klublar futbolida yuzaga kelgan tanaffus haqida o‘z fikrini bildirdi. 

Tecno

- Mundialda ishtirok etgan futbolchilar jamoaga qo‘shiladimi?

- Yo‘q, hali emas. Darvin Nunez ertaga tarkibga kelib qo‘shiladi. Qolganlar tiklanishi uchun bir hafta dam olishi lozim. 

Keyin bizni 22 dekabr kuni "Manchester Siti"ga qarshi bahs kutib turibdi. Qiyin o‘tishi aniq bo‘lgan o‘yin.

- Jahon chempionati vaqtida yuzaga kelgan tanaffusni qanday qabul qildingiz?

- Bu haqda ko‘p gapirdim. Shaxsan men uchun yaxshi bo‘ldi. Sababi, uch hafta dam oldim va hozir mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Ammo futbolchilar borasida unday deya olmayman, afsuski", - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!