
Yuriy Syomin Rossiya tarixida eng ko‘p sovrin yutgan murabbiyga aylandi
Xabaringiz bor kecha “Lokomotiv” Rossiya Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda “Zenit”ni 3:2 hisobida engdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, bu “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Yuriy Syomin uchun faoliyatidagi 12 sovrin bo‘ldi. 72 yoshli mutaxassis shu tariqa Rossiya tarixida eng ko‘p sovrin yutgan murabbiyga aylandi.
Ta’kidlash kerakki, Syomin bu borada Valeriy Gazzaev (11) va Oleg Romantsevlarni (11 ortda qoldirdi.
Fikrlar