Yurtimizda o'tadigan Jahon kubogida ishtirok etuvchi qilichbozlarimiz nomi ma'lum bo'ldi

27-29 mart kunlari Toshkent qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichiga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi ayollar o‘rtasida kechadigan ushbu musobaqada qatnashuvchi sportchilarimiz nomini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibyeva, Karina Kurbanova, Darina Babajanova, Salima Ro‘zieva, Bibioysha Husanboeva hamda Samira Shokirova bo‘lajak bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Dasturga ko‘ra, 27-28 mart kunlari yakkalik, 29 mart sanasida esa jamoaviy dasturda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!