
“Yuve”da inqiroz. Klub prezidenti Pirlo bilan urishib qoldi
A Seriyaning navbatdagi turida “Yuventus” o‘z maydonida liga debyutanti “Benevento”ga yutqazib qo‘ydi.
Italiya ommaviy axborot vositalari mag‘lubiyat ortidan ichki muhit buzilgani haqida xabarlar tarqata boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘yindan keyin “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli va bosh murabbiy Andrea Pirlo tortishib ketgan. Shuningdek, kiyim almashtirish xonasidagi futbolchilar ham bir-biriga baqirgani eshitilib turgani aytilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Anelli mavsum yakunlangach, Pirlo masalasini hal qiladi. Shu paytgacha, chempionlikni qiyinchiliksiz qozonib kelayotgan Turin superklubi joriy mavsumda raqobatchilaridan ortda qolib ketdi.
Birinchi o‘rinda turgan “Inter” turinliklardan 10 ochkoga o‘zib ketgan. Shuningdek, klub Evropa Chempionlar ligasini ancha erta tark etdi.
Fikrlar