"Yuventus" asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur yaqin vaqtlar ichida jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio o‘z saytida e’lon qildi.
Unga ko‘ra tomonlar 2024 yilgacha tuzilgan shartnomani imzolaydilar. Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli urugvaylik futbolchining amaldagi kelishuvi 2022 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Bentankur “Yuventus” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum turinliklar safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar