“Yuventus” “Barsa”ga yana zarba bermoqchi

  • 10 dekabr, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Chempionlar ligasida “Barselona”ni Kataloniyada er tishlatgan “Yuventus” transferlar bozorida ham Kumanni dog‘da qoldirmoqchi.

Kuni kecha Ronald Kuman qishki transferlar vaqtida “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudigerni olish bo‘yicha bir qarorga kelgan edi. Endi germaniyalik futbolchini Andrea Pirlo o‘z jamoasiga og‘dirmoqchi.

Ryudiger turinliklar safida faoliyatini yakunlash arafasida turgan Jorjo Kellini va Leonardo Bonuchchining o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi.

27 yoshli himoyachi A Seriyada o‘ynash bo‘yicha tajribaga ega ekani ham “Yuventus”ga ustunlik beradi. “Chelsi” yanvarda bu futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Ryudigerning transfer summasi 18 million evrodan boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!