"Yuventus" "Barselona" futbolchisiga 10 mln evro taklif qilmoqda

  • 8 yanvar, 2020, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi "Barselona" himoyachisi Xuan Mirandaga qiziqib qoldi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turinliklar 19 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi va buning uchun kataloniyaliklarga 10 mln evro taklif qilishmoqda. Bu mablag‘ bonuslar hisobiga yana 5 millionga oshishi mumkin.

O‘z navbatida “ko‘k-anor ranglilar” iste’dodli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Miranda ayni damda “Shalke”da ijarada to‘p surmoqda. U bu mavsum gelzenkirxenliklar safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!