"Yuventus" Benatiani ijaraga olmoqchi edi, ammo...

  • 02.09.2019 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” klubi o‘zining sobiq himoyachisi Mexdi Benatiani ijaraga ola bilmadi.

Yahoo Sport FR nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli marokashlik futbolchi Turinga qaytishga rozi bo‘lgandi, biroq uning jamoasi – “Al-Duxayl” uni ijaraga qo‘yib yuborishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, Qatar klubi Benatiani 2019 yilning yanvarida aynan “Yuventus”dan 8 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!